Windows yoki windows uchun qushimcha dasturlarni o’rnatishda foydalanuvchilar ko’pincha 32 va 64 bitli 32 yoki 64 bitli Windows(yoki dasturiy ta’minot )o’rtasida tanlovga duch kelishadi. Ko’pgina kompyuter foydalanuvchilari farq nimada ekanligini va noto’g’ri “razryad” tanlash oqibatlari qanday ekanligini bilmaydi.

“Razryat”(разрядность) tushunchasi o’zi nima

Razryadlilik(разрядность) – deb protsessor bir siklda qayta ishlay oladigan ma’lumotlar miqdoriga aytiladi.Ushbu qiymatga qarab, protsessorlar ikki turga: 32-razryadli (32-bit), bir siklda 32-bit axborotni qayta ishlash oladigan va 64-razryadli (64-bit), 64-bit axborotni qayta ishlash oladigan turlarga bo’linadi.

Shundan kelib chiqib 32-bitli protsessorlarda ishlashga moʻljallangan operatsion tizimlar va dasturlar ham 32-bitli deb ataladi. Huddi shuningdek 64-bitli protsessorlar uchun mo’ljallangan operatsion tizimlar va dasturiy ta’minotlar esa 64-bitli deb ataladi.

Ikki arxitektura o’rtasidagi farqlar qanday

Birinchidan ularning tezkor xotira(ОЗУ)dan foydalanishida farq bor.32 bitli Windows yoki dasturlar kompyuter tezkor xotirasi qancha bulishidan qat’iy nazar 4GB dan ko’p tezkor xotira(ОЗУ)ni ishlata olishmaydi. 64-bitli arxitektura uchun esa bunday cheklov yo’q va bundan tashqari, u tezkor xotira(ОЗУ) bilan yanada samarali ishlaydi.

Agar sizda 32-bitli Windows yoki 32-bitli protsessor bo’lsa, unda 4Gb dan ortiq operativ xotira(ОЗУ)o’rnatib kompyuterni “ko’chaytirish”ingizdandan ma’no yo’q.)

Ikkinchidan, operatsion tizim yoki har qanday dasturiy ta’minotining kompyuter bilan mosligi uning yani dasturiy ta’minotning razryadiga bog’liq.Bu degani:

  • 32 bitli Windows va 32 bitli dasturlar har qanday kompyuterga o’rnatilishi mumkin.
  • 64-bitli Windows-ni faqat 64-bit protsessorli kompyuterlarga o’rnatish mumkin.
  • 64-bitli dasturlarni esa faqat 64-bitli Windows-da ishlaydigan 64-bitli protsessor ega bo’lgan kompyuterlarga o’rnatilishi mumkin.

Qaysi Windows-ni o’rnatish kerak: 32 yoki 64 bit

Agar sizda 32-bitli protsessor yoki 2 GB dan kam tezkor xotira(ОЗУ) bo’lsa, unda sizda tanlov yo’q: kompyuteringizga faqat 32-bitli Operatsion tizim(Windows) normal ishlaydi.

Agar sizda 64-bitli protsessor va kamida 2 GB operativ xotira boʻlsa, 64-bitli Windows-ni o’rnating u ham zamonaviyroq va ishlashi ham samaraliroq.

Demak qanday shartlarga qanaqa windows o’rnatishni aniqlab oldik endi protsessorimiz necha bitli ekanligini bilish qoldi.Buni bilishning 2xil yo’li bor

1.”Мой компьютер” ning “свойства” sidan bilish mumkin.Kerakli ma’lumotlar “Тип системы” maydonida ko’rsatiladi. 32-bitli arxitektura x86, 64-bitlisi x64 deb ataladi.

1-usul

2.Protsessor arxitekturasini ko’rish uchun cmd(qidiruv bo’limiga cmd db yozing) buyruqlar satrini ochamiz va quyidagi kamandani teramiz:

echo %PROCESSOR_ARCHITECTURE%

2-usul

Javoblar quyidagicha bo’limshi mumkun

AMD64– bu sizda 64-bitga asoslangan protsessor mavjudligini bildiradi

AMD86-bu sizda 32-bitga asoslangan protsessor mavjudligini bildiradi

Qanday dasturlarni o’rnatish kerak: 32 yoki 64 bit

Agar sizda 32-bitli protsessor yoki operatsion tizimning 32-bitli versiyasi bo’lsa, siz uchun faqat bitta variant mavjud – 32-bitli dasturlar.

Agar sizda 64 bitli protsessor va 64 bitli Windows bo’lsa, dasturlarning 64 bitli versiyasini tanlang. Dasturlarning 32-bitli versiyalarini faqatgina ushbu dasturlarda 64-bitli versiyalar umuman bo’lmasagina, o’rnating.

Kompyuterga o’rnatilgan Windowsning necha bit(razryad)li ekanligini yana usha “Мой компьютер” ning “свойства” sidan bilishingiz mumkin.

32 yoki 64 bitli Windows.Farqi nima va qaysi tizimni o'rnatish kerak

32-bitli Windows-dan 64-bitga qanday yangilash mumkin

Aytaylik, sizda 64 bitli protsessor bor, lekin kompyuteringizda 32 bitli Windows o’rnatilgan. 32 bitli Windows esa 64 bitli dasturlarni qo’llab-quvvatlamaydi. Bunday holda, operatsion tizimning 64-bitli versiyasiga o’tish mantiqan bo’ladi. Buni amalga oshirish uchun Windowsning 64-bitli versiyani tanlab, Windows-ni qayta o’rnatishingiz kerak bo’ladi.

Mavzu buyicha yanada aniqroq ma’lumotlarni microsoftning uzidan ham bilib olishingiz mumkun.

Shuningdek mavzu buyicha savollar bo’lsa telegram guruhimizga ham yozishingiz mumkin.

Savol javoblar uchun telegramdagi guruhimizni eslatib o’tamiz

https://t.me/wearecwg

Qiziqarli maqolalar ?? https://t.me/cwgblog

0 IzohlarIzohlarni yopish

Izoh qoldirish

Newsletter Subscribe

Get the Latest Posts & Articles in Your Email

[mc4wp_form id="517"]

We Promise Not to Send Spam:)