Dasturlashni endi o’rganmoqchi bo’lgan kishilarning ko’pchiligini  o’rganishni qaysi dasturlash tilllaridan boshlash kerak degan savol o’ylantiradi.Maqola dasturlashdagi eng rivojlangan yunalishlar haqida qisqacha ma’lumot beradi. O’ylaymanki bu maqola dasturlashni endi o’rganmoqchi bo’lgan va dasturlashda o’ziga yunalishni aniqlamoqchi bo’lgan kishilarga foydali bo’ladi

Mening maslahatim dasturlash tilini emas, balki eng birinchi yunalishni tanlashdir.Yunalishni tanlash esa insonni o’zini qiziqishlaridan kelib chiqadi.Misol uchun kimdir veb saytlar yaratishga qiziqadi kim uchundir telefonlar uchun mobil ilovalar o’yinlar yaratish qiziqroq.

Keling, eng mashhur yo’nalishlarni ko’rib chiqamiz:

  • Web dasturlash
  • iOS yoki Android uchun mobil ilova ishlab chiqish
  • Desktop uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqish
  • O’yinlar yaratish

Web dasturlash

Bu sohada eng ko’p vakansiyalar mavjud, ammo web dasturchilar o’rtasida raqobat kuchliroq, chunki web dasturlash yo’nalishi ko’p yillar davomida rivojlanib kelmoqda.Web dasturlash Frontend va Backend qismlaridan iborat

Frontend — Saytning ko’rinadigan qismi yani oddiy foydalanuvchi saytga kirganda unga saytning frontend qismi ko’rsatiladi. Backend — Saytning server qismi.Saytning barcha funksionallari,saytga malumot kiritish qismi admin panelni backendga misol qilib ko’rsatish mumkun.

Dasturlash tillari
dasturlash tillari

Frontendni o’rganmoqchi bo’lganlar uchun boshlang’ich yo’l haritasi.

  • HTML, CSS — veb sahifani vizual qismini yaratish uchun texnologiyalar
  • JavaScript — veb sahifaga qo’shimcha interaktiv imkoniyatlar qo’shish uchun
  • ECMAScript / Typescript — Javascript imkoniyatlarini kengaytirish uchun
  • React / Angular / Vue — Javascript frameworklaridan birini bilish

Javascript frameworklaridan qaysi birini tanlash unchalik ahamiyatga ega emas.Yuqorida keltirilgan uchchala framework buyicha vakansiyalar yetarlicha.Shaxsan uzim VueJs ni tavsiya qilgan bo’lardim

Backend uchun bir nechta variantlar mavjud.Quyida backend uchun mos til va uning frameworkini keltiraman.

Yuqorida keltirgan istalgan dasturlash tili va fremeworklaridan istalgan bittasini o’rganish orqali bemalol saytning server qisimi yaratish mumkun va bu texnologiyalar xozirgi kunda eng aktual hisoblanadi.Qaysi birini tanlash o’zingizga bog’liq.Agar siz web dasturlashda backend yunalishini tanlasangiz quyidagi bilimlarga ham ega bo’lishingiz kerak.

  • HTML & CSS — Saytlar verstkasini o’zgartirish kirita olish darajasida tushunish
  • SQL (PostgreSQL / MySql) — Malumotlar bazasi bilan ishlay olish
  • Arxitektura va Patternlar — Tushunish va mukammalshtirish oson bulgan kod yozish uslublari
0 IzohlarIzohlarni yopish

Izoh qoldirish

Newsletter Subscribe

Get the Latest Posts & Articles in Your Email

[mc4wp_form id="517"]

We Promise Not to Send Spam:)