“The Onion Router”, TOR yoki – ma’lum bir darajada anonim bo’lishga, Internetdagi harakatlarni yashirishga, shuningdek alohida Internet tarmog’i – DarkWeb ga tashrif buyurishga imkon beradigan protokol.
Maqolada TOR brauzeri da qanday qilib anonimligni yo’qotmaslik va “Инкогнито” rejimda bo’lishni yoqtiradiganlar uchun Tor brauzerning afzalligi haqida qiziqarli ma’lumotlar keltirib o’tamiz.

TOP brauzeri sizning IP-manzilingizni, joylashuvingizni yashirishga, fayllarni anonim tarzda yuklab olishga, Internet-so’rovlarni yuborishga imkon beradi.
Tor brauzeri dan foydalanish uchun siz o’rnatuvchi faylni yuklab olishingiz kerak.Axborot xavfsizligi buyicha mutaxasislar o’rnatuvchi faylni faqat va faqat brauzerning rasmiy sahifasidan yuklab olishni tavsiya etadilar.Boshqa manbalardan yuklab olingan o’rnatuvchi fayl kompyuter uchun shuningdek ma’lumotlaringiz xavfsizligi uchun ham juda xavfli.
Tor brauzerni rasmiy sahifadan yuklab olish
Brauzer
Brauzer Mozilla Firefox-ning qayta ishlangan versiyasidir va ba’zi qo’shimchalarni o’z ichiga oladi (masalan, keshlangan ma’lumotlarni o’chirish, skriptlarni o’chirib qo’yish). Interfeys sodda va tushunarli, keraksiz elementlarni o’z ichiga olmaydi.

Biror sahifaga shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritishga, shuningdek brauzerda biror narsani o’zgartirishga qaror qilsangiz, brauzer anonimlikni kafolatlamaydi.Brauzerga qo’shimcha plaginlarni o’rnatish tavsiya etilmaydi, chunki bu sizning maxfiyligingizga putur yetkazishi va haqiqiy ip-manzilni ochib berishi mumkin.
O’zi umuman yuz foizga maxfiy bo’lishni xech kim ta’minlay olmaydi, Tor brauzer orqali biror saytga kirsam anonim bo’laman deb o’ylaydiganlar ham yo’q emas ammo unday emas.Brauzer yo’qorida aytganimdek ma’lum darajada anonimlikni ta’minlashi mumkin xolos.
Dark Web
Brauzer Internetning “qorong’u tomoniga” o’tishga imkon beradi. Dark Webda saytlar .onion domen zonasida joylashgan va domenlar 16 ta harf va raqamli belgilardan tashkil topgan.Misol keltiradigan bo’lsam:
Ahmia ?? http://msydqstlz2kzerdg.onion/ Dark Webda qidiruv tizimlaridan biri
TOR-da ulanish tezligi odatdagi ulanishga qaraganda ancha sekin, shuning uchun Internetning yashirin bo’limlarida FullHD videolarini ko’rishga umid qilmang )).
TOR-dagi torrent trekerlari
Afsuski, Torrent TOR dan foydalanish tavsiya etilmaydi. Albatta foydalanish boshlash mumkun hech narsa bo’lmaydi, faqat sizning IP-manzilingiz ko’rinadiganligi sababli maxfiylik buziladi.
Ma’lumotlar
Faylni yuklab oldingizmi? Tarmoqqa ulangan holda uni har qanday holatda ham ochmang. TOR yuklab olingan fayl sizning ma’lumotlaringizni oshkor qilishi mumkinligidan ogohlantiradi.Umuman olganda TOR brauzerda biror narsa yuklab olish jarayoniga alohida e’tibor qaratish kerak.
Bu noqonuniymi?
Yo’q, TOR dan foydalanish qonun bilan jazolanmaydi, agarda siz “qora” usullar bilan pul ishlash uchun ishlatmoqchi bo’lmasangiz albatta. Tor brauzer onlayn maxfiylikni saqlash, faol o’zini namoyon qilish va inson huquqlarini himoya qilish uchun mo’ljallangan.
4 Izohlar
AssirmHiz
lasix over the counter cvs piperacillin tazobactam MIC 16 4 mcg mL, ceftazidime 8 mcg mL, cefepime 8 mcg mL, or aztreonam 8 mcg mL 15 constitute approximately 20 to 60 of carbapenem resistant P
AssirmHiz
is doxycycline a penicillin 68 for ever smokers, 10
AssirmHiz
Abdullah ibn Umar swore by Him the Lord and said If any one of them who does not believe in the Divine Decree had with him gold equal to the bulk of the mountain Uhud and spent it in the way of Allah, Allah would not accept it unless he affirmed his faith in Divine Decree safe place to buy cialis online
AssirmHiz
It is hypothesized that PTH is less effective when bone turnover is suppressed ciproflaxin PMC free article PMC5182087 PubMed 27814935