Wikipedia ma’lumotlariga qaraydigan bo’lsak VPN-bu foydalanuvchining bir nechta kompyuterlar o’rtasida tashkil etilgan tarmoqqa xavfsiz ulanishini yaratish imkonini beruvchi texnologiya.

Statistik ma’lumotlarga ko’ra,foydalanuvchilar VPN ni ko‘pincha ko’ngilochar,yoki bloklangan saytlarga kirish uchun bloklashni chetlab o‘tish imkoniyati deb hisoblaydilar.Bir tomondan bu tugri lekin bu tarif VPN aslida nima ekanligini tushunishimizga imkon bermaydi.

«Virtual Private Network» — Virtual Xususiy Tarmoq.

VPN qanday ishlashini tushunish uchun ushbu 3ta kontseptsiyani ko’rib chiqaylik va shuningdek – bunday tarmoqlar aslida nima uchun kerak degan savolga xam javob topishga xarakat qilamiz.

VPN nima

Virtual- VPN ga ulangan qo’rilmalar(hosts) bir-biri bilan jismonan emas yani kabel bilan yoki WiFi bilan emas, balki dasturiy ta’minot yordamida bog’langan. VPN da qo’rilmalar har qanday joyda – hatto dunyoning turli burchaklarida joylashgan bo’lishi ham mumkin.

Xususiy-deb atalishiga sabab ma’lumotlar bunday tarmoq ichida har kim o’rtasida emas, balki faqat aniqlangan ishonchli yana avtarizatsiyadan o’tgan kompyuterlar (hosts) o’rtasida almashinadi. Aynan ishonchli oldindan ma’lum kompyuterlar o’rtasida ma’lumot almashish VPN ning eng muhim faktori hisoblanadi.

Tarmoq-bu ma’lumot almashish uchun ikki yoki undan ortiq kompyuterlarning ulanishi

VPN arxitekturasi

VPN ulanish kamida ikkita qurilma yordamida yaratiladi.

1.Server-Asosiy dasturiy ta’minot joylashgan qurilma, mijoz bilan aloqa o’rnatilishini kutish uchun ma’lum portlarni tinglaydi.Server ham aslini olganda kompyuter farqi odatiy kompyuterlardan xarakteristika jihatidan kuchliroq.

2.Mijoz-Masofaviy serverga ulanishni amalga oshiriladigan foydalanuvchi qurilmasi.

Shifrlangan ma’lumotlar doimiy ravishda VPN tunneli orqali server va mijoz o’rtasida harakatlanadi va barcha kriptografik ma’lumotlarni qayta ishlash (shifrlash / shifrni ochish) qurilmalarning o’zida amalga oshiriladi. Shuning uchun, tunnel muhitida hech kim foydalanuvchi ma’lumotlarini bila olmaydi.

VPN foydalanish maqsadlariga ko’ra shartli ravishda 2 turga bo’lish mumkin.

Shaxsiy maqsadlarda. Bu holatda VPN saytlarni blokirovka qilishni chetlab o’tishga, shuningdek ma’lumotlarni xakerlar tomonidan o’g’irlanishidan himoya qilishga va foydalanuvchi uchun ko’plab imkoniyatlar yaratadi.Bu haqida yana batafsil tuxtalamiz.

VPN nima.VPN qanday ishlaydi?

Korporativ maqsadlarda.Tashkilot va biznes vakillarining ish faoliyatini masofadan tashkilt etishga,tashkilotning tashqi xujumlardan xavfsiz ichki lokal tarmog’ini yaratish va shu kabi ko’plab masalalarda qo’llaniladi. Shuningdek VPN xodimlarga ofisdan uzoqda bo’lganlarida o’z ish tarmog’iga ulanish imkoniyatini beradi.

VPN korporativ maqsadlarga ishlatishga misollar keltiramiz.

Korporativ ma’lumotlarni himoya qilish uchun:

Masalan, sizning ofisingizda tashqi hujumdan ishonchli himoyalangan lokal tarmoq(локальная сеть) mavjud.Deylik siz xizmat safari bilan boshqa shaharga ketgansiz va xizmat safari mobaynida ba’zi hujjatlarni ko’rish uchun siz o’zingizning ofisdagi ish kompyuteringizga ulanishingiz kerak bo’lib qoldi.Agar siz lokal korparativ tarmog’ingizda VPN ulanishni sozlagan bo’lsangiz xech qiynalmasdan boshqa shahardan turib o’z kompyuteringizga bog’lanishingiz mumkin bo’lar edi.

Filiallar o’rtasidagi bog’lanish uchun:

Masalan, kompaniyangizning bosh ofisi Qarshida, filiallari esa Samarqand, Toshkent va Andijonda joylashgan.Ofislar o’rtasida xavfsiz lokal tarmoqni qanday yaratish mumkin?.

Bu vaziyatda ham VPN ajoyib yechim bo’la oladi.Bosh ofisga VPN serverni yaratish va turli shaharlardagi filial ishchilarining kompyuterlariga VPN serverining klient deb nomlanuvchi dasturini o’rnatish kerak bo’ladi.

Internetga kirishni ta’minlash uchun:

VPN-dan Internet-provayderingizning serverlariga ulanish uchun foydalanish mumkin va ular orqali Internetga chiqish mumkin.Shuning uchun, hozirgi kunda ko’plab routerlar VPN ulanishini sozlash imkoniyatiga ega.Bu holatda, sizning routeringiz dasturiy ta’minot sifatida ishlaydi.

VPN shaxsiy maqsadlarda qachon foydalangan maqul?.

Agar siz internetda maksimal darajada anonim bo’lishni qadrlasangiz.

Internet provayder(ISP) administratori yoki siz ulangan biror tarmoq administratori siz qaysi saytlarga kirishingizni,qaysi ijtimoy tarmoqlardan foydalanayotganingiz umuman olganda internetda nima ish qilayotganingizni bilib turishini xoxlamasangiz.VPN ishlatsangiz internet provayder administratori qaysi saytlarga kirayotganingizni bilmaydi,va siz kirayotgan saytlar ham sizning haqiqiy IP manzilingiz,joylashuv nuqtangizni bila olmaydi.Pravayder biladigan yagona narsa sizning qurilmangizdan VPN serveriga bo’layotgan ulanishlar ya’ni siz vpn ishlatayotganiz aniq bilinadi.

Agar sayohat qilishni yaxshi ko’rsangiz.

Shuningdek kafelar yoki jamoat joylaridagi ochiq WiFilardan foydalanganingizda VPN sizga juda zarur bo’ladi chunki bepul WiFi administratori yoki shu tarmoqda o’tirgan biror hakker siz internetga yuborayotgan ma’lumotlarizdi bilish xavfi bor.Ochiq Wi-Figa siz telefondan kirasizmi yoki noutbukdan kirasizmi buning ahamiyati yo’q har ikkalasi ham hakkerlik hujumlarini qaytarishga zaiflik qiladi. VPNdan foydalanish sizning ma’lumotlarizni ulardan ishonchli himoya qila oladi.Keyingi postlarda jamoat joylardagi bepul WiFilardan hakkerlar qanday qilib ma’lumotlarni bilib olishini ko’rib chiqamiz albatta.

Sevimli saytlaringizga kirish cheklangan bo’lsa

Ba’zi muassasalar (maktablar, kutubxonalar, idoralar) ijtimoiy tarmoqlar kabi ma’lum veb-sahifalarga kirishni cheklaydi, ammo shifrlangan VPN ulanish orqali siz barcha to’siqlardan o’tishingiz mumkin.

Eslatib o’tamiz VPN 100% ishonchli ximoya vositasi bo’la olmaydi.VPN-xavfsizlik darajasini sezilarli darajada oshiradigan texnologiya deb aytsak tug’ri bo’ladi.

Keyingi maqolada VPN ishlatadigan protokollar,VPN ning kamchiliklari,bepul va pulli VPN o’rtasidagi farq,VPN dan foydalanishning qonunga bog’liq holatlari,VPN tanlashda e’tibor beriladigan faktorlar haqida to’xtalib o’tamiz.VPN haqidagi hamma ma’lumotlarni bitta maqolaga sig’dirish shunchaki imkonsiz ))

2 IzohlarIzohlarni yopish

2 Izohlar

Izoh qoldirish

Newsletter Subscribe

Get the Latest Posts & Articles in Your Email

[mc4wp_form id="517"]

We Promise Not to Send Spam:)