Shubhasiz, o’z wi-fidan foydalanayotgan ko’pchilikni hayolidan bir marta bo’lsa ham o’tgan savol: “Nimaga wife sekin ishlayopti? Biror kishi yoki qo’shnilar parolni bilib olib yoki buzib kirib foydalanmayotganmikin uzi?”.

Agar sizda ham shunday holat bo’lgan bulsa bu postda sizni shu kabi tashvishlardan xalos etamiz.

WiFi Monitor – tarmoq haqida bilishingiz kerak bo’lgan hamma narsani tezda ko’rsatib beradi. Tekshirish uchun routeringizning login va parolini kiritishingiz shart emas, faqat tarmoqqa ulangan bo’lishingiz kerak.

Wi-Fi ga kimlar ulanganligini aniqlash

WiFi Monitor

WiFi Monitor-Android uchun Wi-Fi tarmoq analizatori va skaneridir. Bu mavjud simsiz tarmoqlar va ularning parametrlari haqida ma’lumot to’playdigan,Wi-Fi infratuzilmasini monitoring qilish vositasi. Routerni sozlash va unga ulangan qurilmalarning ishlashini tekshirish uchun judayam foydalanishga oson vosita.

 Shunday qilib, “chaqirilmagan” mehmonlarni topish uchun dasturni o’rnatamiz va “SCAN” bo’limiga o’tamiz. Bu yerda biz tarmoqqa ulangan barcha qurilmalarni  va ularning parametrlarini ko’ramiz. Agar begona qurilmalar aniqlansa, biz ularni router sozlamalaridan(Настройки роутера) bloklashimiz mumkin.

Bloklashni eng sodda va samarali usullaridan biri bu wifi parolini juda murakkab belgilar va kombinatsilardan tashkil topgan yangisiga o’zgartirishdir.

Mavzu buyicha savollar bo’lsa telegram guruhimizga yozishingiz mumkin.

Qiziqarli maqolalar ?? https://t.me/cwgblog

0 IzohlarIzohlarni yopish

Izoh qoldirish

Newsletter Subscribe

Get the Latest Posts & Articles in Your Email

[mc4wp_form id="517"]

We Promise Not to Send Spam:)